Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Suriyada terrorchilarga qarshi g‘alabaga ishonadi
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Suriyada jangarilarni tor-mor etish bo‘yicha hamkorlikda olib borilgan ish samarali yakunlanishi haqida gapirdi.
«Men ishonamanki, biz yakunda «Jabhat an-Nusra»ni va IShIDni birgalikda mag‘lub etmiz», - degan u «Rossiya energetika haftaligi» tadbirida.
«Bizda hammani birlashtiruvchi jihat bor, endi esa bahs mavzusi bo‘lgan narsalarga taqalmasdan, umumiy manfaat yo‘lida birlashish kerak, shunda bizni muvaffaqiyat qarshi oladi», — degan Putin.
Rossiya prezidenti shuningdek, RF Eron va Saudiya Arabistoni Suriyadagi vaziyat bo‘yicha yakdil emasligiga e'tibor qaratgan.
«Agar murosaga kelish uchun yo‘l qidirsang va hamma uchun ma'qul qarorlar qabul qilinsa, vaziyat o‘z-o‘zidan barqarorlashadi», - deya qayd etgan u.
U murosa haqidagi gapini izohlar ekan, Suriyada tuzilgan eskalatsiyadan xoli hududni misol qilgan.
«Bu barcha tomonlar olib borgan ish samarasidir», degan u.
Boshlovchi RF prezidentiga Saudiya Arabistoni bilan munosabatlar mustahkamlanayotgani fonida Suriyadagi mojarolar nihoyalangach, Rossiya u yerdagi vaziyatni qanday tasavvur etayotgani haqida, Suriyadagi ziddiyatlar tugagach, Rossiya Saudiya Arabistoniga eronlik harbiylar Suriyadan chiqib ketishiga kafolat bera oladimi, deya savol berdi.
Putinning ta'kidlashicha, mamlakat o‘z yo‘lini o‘zi belgilab olmog‘i lozim, «bu ushbu davlat xalqining suveren huquqi». «Bu narsa to‘laligicha Eronga ham taalluqli. Biz doimo har qanday davlatning suvereniteti, ichki va tashqi siyosatiga hurmat bilan qaraganmiz. Eron bizning qo‘shnimiz, azaliy hamkorimiz, biz buni qadrlaymiz va Eronning milliy manfaatlariga hurmat bilan qaraymiz, biroq milliy manfaatlar Rossiyada ham, Turkiyada ham, Saudiya Arabistonida ham bor», — dedi Putin.
Mavzuga oid
09:15 / 09.06.2026
Putin va Netanyahuga order bergan prokuror vaqtincha ishdan olindi
20:34 / 08.06.2026
Xominaiy o‘ldirilgach, Rossiyada Putinni qo‘riqlash uchun yaratilgan kuzatuv tizimi o‘chirib qo‘yildi
20:04 / 08.06.2026
Kiyevga Zelenskiy bilan uchrashuvga borgan rossiyalik tadbirkor Roman Abramovich bo‘lib chiqdi
10:25 / 08.06.2026