Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ichki ishlar organlari xodimlari namunali ko‘rsatkichlar uchun mukofotlanadi
Vazirlar Mahkamasining 15.09.2017 yildagi 727-son qarori bilan ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari xodimlariga qo‘shimcha ustamalar to‘lanadigan maxsus malaka darajasini berish hamda og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni namunali fosh etganlik va tergov qilganlik uchun pul mukofotlari to‘lash tartibi belgilandi. Bu haqda Norma.uz xabar qilmoqda.
Maxsus malaka darajalari tergov bo‘linmalari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari, surishtiruvchilar, tergovchilar, surishtiruv ishlarini muvofiqlashtirish va nazorat qilish bo‘linmalari xodimlari, tergov faoliyatini tashkillashtirish bo‘linmalari xodimlari, axborot-tahlil bo‘linmalari xodimlari, kadrlar bo‘linmalari xodimlariga beriladi.
Maxsus malaka darajasi mezonlar asosida 100 balli baholash tizimi bo‘yicha belgilanadi. Ular uchun qo‘shimcha ustamalar o‘rnatilgan.

Bundan tashqari, quyidagilar uchun bir martalik pul mukofoti ko‘zda tutilgan:
• og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni namunali tergov qilganlik uchun — 4 EKIH;
• og‘ir jinoyatlarni namunali fosh etganlik uchun — 6 EKIH;
• o‘ta og‘ir jinoyatlarni namunali fosh etganlik uchun — 8 EKIH.
Mavzuga oid
13:05 / 01.06.2026
Prezident madaniyat va san’at sohasi vakillarini taqdirladi
10:59 / 26.05.2026
Kitobxon yoshlar uchun 50 ming dollarlik mukofot joriy etildi
20:38 / 19.03.2026
Prezident mahalla tizimining bir guruh xodimlarini taqdirladi
20:09 / 03.03.2026