Jahon | 08:38 / 05.10.2017
7583
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyadan boshpana topgan suriyalik qochqinlar soni ma'lum

Foto: aa.com.tr

Turkiyadagi ro‘yxatdan o‘tgan suriyalik qochqinlar soni 3,2 millionga yetdi. Bu haqda Turkiyaning Migratsiya masalalari bo‘yicha bosh boshqarmasi hisobotida xabar qilindi.

2017 yil 15 sentabr holatiga ko‘ra, 511 ming suriyalik qochqinlar Istanbulda, 445 ming - Shonliurfa shahrida, 416 ming - Xatayda, 341 ming - Gaziantepda, 166 ming - Mersinda, 165 ming - Adanada 165 ming, 128 ming - Kilisda, 123 ming - Bursada, 117 ming - Izmirda va 95 ming kishi – Qahramonmarashdan boshpana topdi.

Turkiya suriyalik qochqinlarni odam savdosi bilan shug‘ullanuvchilardan qutqarish bo‘yicha ham choralar ko‘rmoqda. «Odamfurushlar» qurbonlarini joylashtirish uchun 28 ta boshpana ajratildi, hamda 15 sentabr holati bo‘yicha ularda 242 nafar inson bo‘lgan.

Bundan tashqari, ko‘plab chet elliklar Turkiyada yashash huquqini qo‘lga kiritishdi.

Ma'lumot uchun, 2016 yilda Turkiyada 2,8 million suriyalik qochqin ro‘yxatga olingan. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid