Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmaniston: Xorijda 100 dollardan ko‘p mablag‘ yechish mumkin emas
Turkmaniston Markaziy banki turkman banklari tomonidan berilgan konversion kartalardan boshqa davlatlardagi bankomatlardan naqd pul yechish hajmini pasaytirdi. 27 sentabrdan e'tiboran xorijda sayohat qilayotgan turkmanistonliklar o‘zlarining VISA xalqaro kartalaridan kuniga 100$ yoki shunga monand mahalliy valyuta yechib olishlari mumkin. Ilgari kunlik limit 250 dollarni tashkil etayotgan edi, deb yozadi habartm.org.
Kuzatuvchilar buni valyutaning o‘ta taqchilligi va hukumatning mamlakatdagi yangi hodisa bo‘lmish «dollar turizmi» — fuqarolar o‘z manatlarini davlat kursida konverttsiya qilib, xorijga chiqib uni bankomatlarda naqdlashtirishga qarshi kurashayotgani bilan bog‘lashmoqda. Turkmanistonga qaytgach, ular naqd dollarni «qora bozor»da bank kursidan ikki barobar qimmatroqqa ayriboshlashadi.
Ilgariroq Turkmaniston hukumati tadbirkorlar uchun vaalyuta konvertatsiya borasida bir qator cheklovlar ham joriy etgan edi. Bugungi kunda banklar xorijiy yetkazib beruvchi bilan shartnoma summasining maksimum 2 foizigacha bo‘lgan qismini konvertatsiya qilib bermoqda. Shartnomalarning ko‘pchiligida banklarning tomonidan umumiy summaning 1–1,4 foizi konvertatsiya qilinmoqda.
Mavzuga oid
21:45 / 30.05.2026
Turkmanistonda may oyi uchun eng issiq rekord harorat yangilandi
07:50 / 04.05.2026
O‘zbekistonda 100 ming so‘mlik banknotdan eng ko‘p foydalanilmoqda
20:38 / 31.03.2026
Moskvada 7 yoshli qiz 88 ming dollarni tashlab yubordi
08:53 / 23.03.2026