Jamiyat | 15:04 / 06.10.2017
6669
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Koreyaga ishlashga yuborishni va'da qilgan firibgar ayol qo‘lga olindi

2017 yilning 29 iyul kuni muqaddam sudlangan M.O.T. o‘zganing mulkini aldov va ishonchini suiste'mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, Mirobod tumani hududida fuqaro A.M.M.ning ishonchiga kirib, uni Koreya Respublikasiga ishlashga yuborishni va'da qilib, 1.500 AQSh dollari miqdoridagi pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan, Mirobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik, ya'ni o‘zganing mulkini aldash va ishonchni suiiste'mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va M.O.T.ni ushlash choralari ko‘rilgan.

Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida M.O.T. aniqlangan va ushlangan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid