Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya bosh vaziri Iroqqa safar qiladi
Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim 25 sentabrda Kurdistonda bo‘lib o‘tgan mustaqillik referendumi munosabati bilan Iroqqa borish istagini bildirdi.
"Iroq bosh vaziri Haydar al Obodiydan shunday taklif keldi. Hozir biz hamkasblar bilan kun tartibi va ehtimoliy tashrif sanasini muhokama qilayapmiz. Bu kerakli tashrif, shu sababli jiddiy tayyorlanish kerak. Hozir mintaqada keskinlik, Shimoliy Iroqda noqonuniy referendum bo‘lib o‘tdi, uni muhokama qilish kerak", — degan Yildirim Anqarada jurnalistlarga. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Anqara Shimoliy Iroq bilan aviaqatnovlarni to‘xtatgani barobarida sanksiyalar kiritishni ham rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026