O‘zbekiston | 17:20 / 06.10.2017
19244
4 daqiqa o‘qiladi

Yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalari berildi

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 19 yanvardagi PQ–2733-son “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan adliya vazirining 2017 yil 3 oktabrdagi buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devoni hamda vazirlik va idoralarning yuridik xizmat xodimlariga maxsus unvon-martaba darajalari berildi

Joriy yilning 5 oktabr kuni Adliya vazirligida ushbu buyruq yuridik xizmat xodimlariga vazir o‘rinbosari tomonidan o‘qib eshittirildi. 

Foto: Adliya vazirligi

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devoni Yuridik bo‘limi mudirining o‘rinbosari Atanazar Xodjaniyazovga “2-darajali adliya maslahatchisi” maxsus unvon – martaba darajasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devoni Yuridik bo‘limining bosh maslahatchisi Qudrat Nurullayev va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devoni Yuridik bo‘limining yetakchi maslahatchisi Firdavs Safarovga “3-darajali adliya maslahatchisi” maxsus unvon – martaba darajasi berildi. 

Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Yuridik boshqarmasi boshlig‘i Bahodir Merganov va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Yuridik boshqarmasi boshlig‘i Alisher Turmuhamedovga “3-darajali adliya maslahatchisi” maxsus unvon – martaba darajasi berildi. 

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi yuridik bo‘limi boshlig‘i Nozimjon Anvarov, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Yuridik boshqarmasi Sud da'vo ishlari bo‘yicha sektori mudiri Rustam Mahkamov, O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi yuridik bo‘limi boshlig‘i Samandar Oripov, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi yuridik bo‘limi boshlig‘i Sarvar Mirazimovga “1-darajali yurist” maxsus unvon – martaba darajasi berildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Sifat” O‘zbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi yuridik bo‘limi boshlig‘i Erkin Raxmanovga “2-darajali yurist” maxsus unvon – martaba darajasi berildi. 

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Yuridik boshqarmasi Huquqiy ta'minot bo‘limi yetakchi yuriskonsulti Umidjon Iminov, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Yuridik boshqarmasi Huquqiy ta'minot bo‘limi yetakchi yuriskonsulti Kamila Ruzmetova, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Yuridik boshqarmasi Sud da'vo ishlari bo‘yicha sektori bosh yuriskonsulti Behzod Yunusov, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Yuridik boshqarmasi bosh yuriskonsulti Sanjar Otaxonovga “3-darajali yurist” maxsus unvon – martaba darajasi berildi. 

Ushbu buyruqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 1 maydagi 250-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 19 yanvardagi PQ–2733-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga muvofiq yuqorida ko‘rsatilgan yuridik xizmat xodimlariga maxsus unvonlar – martaba darajalari uchun 2017 yil oktabr oyidan boshlab qo‘shimcha haq to‘lab borishi lozimligi ham nazarda tutilgan. 

Mavzuga oid