Prezident matbuot kotibi Şerzod Asadovning xabar qilişiça, Özbekistonning Xitoydagi elçisi Farhod Orziyev va Turkmanistondagi elçisi Akmal Qöçqorovga - favqulodda va muxtor elçi martabasi berildi.

Şuningdek, Özbekistonning Avstriyadagi elçisi Abat Fayzullayev, YuNeSKOdagi doimiy vakili Umid Şodiyev va  Jyenevadagi BMT bölinmasidagi doimiy vakili Uluğbek Lapasovga - 2-darajali favqulodda va muxtor vakil martabasi berildi.

«Özbekiston diplomatik xodimlari uçun diplomatik darajalar va unvonlar belgilaş töğrisida»gi qonunga muvofiq, favqulodda va muxtor elçi, birinçi va ikkinçi darajali favqulodda va muxtor elçi diplomatik darajalari prezident farmonlari bilan beriladi.

Favqulodda va muxtor elçi martabalari umrbod beriladi.