Vazirlar Mahkamasining “Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlaştiriş jarayoniga raqamli texnologiyalar keng joriy etilişi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 22 noyabrdagi 244-son qarori bilan tasdiqlangan yuridik xizmatlar xodimlarini attestatsiyadan ötkaziş va ularning malakasini oşiriş tartibi töğrisidagi nizomga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur qaror bilan davlat organlari va taşkilotlari yuridik xizmat sohasini raqamlaştirişga oid asosiy vazifalar belgilab olindi.
Qarorga köra, yuridik xizmat xodimlarini attestatsiyadan ötkazişda talab etiladigan hujjatlarni taqdim etiş tartibi bekor qilindi hamda yuridik xizmat xodimlarini attestatsiyadan ötkaziş jarayonlari raqamlaştirildi. Şuningdek, attestatsiyadan ötganlik töğrisidagi guvohnomalarni elektron şaklga ötkaziş orqali qoğoz şaklidagi guvohnoma blankalaridan voz keçildi.
Xususan, yuridik xizmat xodimlaridan talab etiladigan diplom nusxasi, mehnat daftarçasidan köçirma va şunga öxşaş 7 ta hujjat talab etilmasligi belgilandi. Qolaversa, yuridik xizmat xodimi attestatsiyadan ötişi uçun Yuristlar malakasini oşiriş markazida malaka oşirgan bölişi lozimligi körsatilgan. Qoğoz şaklidagi attestatsiya guvohnomasidan voz keçilib, endilikda elektron şakldagi guvohnomalar berilişi ham yölga qöyildi.
Guvohnoma reyestri uning seriya raqami va amal qiliş muddati körsatilgan holda “Yurist-adliya” elektron tizimida avtomatik ravişda yuritiladi. Ularni noqonuniy özgartirib qöyiş yoki qalbakilaştiriş imkoniyati bölmaydi hamda takrorlanmaydigan maxsus raqam beriladi va avtomatik tarzda e’lon qilinadi.











