Men oy tomonga yöl oldim, yöldan adaşgan çoğimda ham yulduzlar orasiga tuşaman.  

Şunga öxşaşroq manzarani baliqçilarning hayotida körganman. Baliq ovlovçilar törlarini suvga taşlarkan, tavakkal bilan törni uzoqroqqa otadilar. Ular törlariga nimadir ilinişiga işonadilar va şunday böladi, törga bir qança baliqlar ilinadi. Ya'ni, inson bu hayotda uzoqroqni möljal olişi lozim. Uç yuz metrga yugurişi kerak bölgan sportçi beş yuz metrni möljal qilsa, albatta kerakli bölgan uç yuz metrlik marraga yetişi oson keçadi. Dunyo hayoti qisqa. Bu qisqa umrda ezgu amallar marrasini qançalik uzoqroq belgilasak, şunçalik köp uxroviy natijalarga zamin hozirlagan bölamiz. Qolaversa, bunday yöl tutişimiz biz gunohkor bandalarga ayni yaraşadigan işdir. 

Ato etilgan hayotini sönggi damigaça diyonat bilan yaşab ötiş inson uçun bu dunyodagi eng şarafli maqom bölsa, Oxiratdagi oliy maqom jannatdir. Jannat juda ham balandda, unga yetiş uçun tinimsiz harakat qiliş lozim. Har bir ezgu amalimiz poğonama-poğona bizni balandga olib çiqaveradi. Johillar otgan toşlarning uluğ maqomga intilgan zotlar qadar yetib bormasligining siri mana şundadir. Jaholatga jaholat bilan javob qaytardingizmi, demak siz hali ham pastda turibsiz. Çunki siz pastdagilarni körib, uning har bir piçirlagan gaplarini eşityapsiz. Agar siz ezgu amallar qurşovida balandga kötarilib, yuksak maqom sari intilsangiz, pastdagilarning gap-sözlari qadrini yöqotadi. Çunki siz yuqorilab ketganingiz sayin pastdagilarning ovozi tugul özlari ham körinmay qoladi. Siz röparangizda faqat özingizga öxşagan maslakdoşlaringizni körasiz, ularning sözlarini eşitasiz. Bu dunyoda bundan ortiq saodat bormi?! 

Zahiriddin Mansur