O‘zbekiston | 14:28 / 06.10.2017
9097
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston 200 million dollarlik shartnomalar imzoladi

Toshkentda bo‘lib o‘tgan biznes-forum doirasida O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida qiymati 200 million dollarlik shartnomalar imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti 5 oktabr kuni xabar berdi.

O‘zbekiston rahbari Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev bilan muzokaralar chog‘ida faqatgina olti oy ichida Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 10 barobarga o‘sganini ta'kidladi.

"Agar mavjud to‘siqlarni bartaraf etsak, bu ikki tomonlama munosabatlarimiz va ikki tomonlama hamkorlikka yana bir turtki beradi", - dedi Shavkat Mirziyoyev. 

O‘zbekiston rahbari qirg‘iz-o‘zbek biznes-forumi doirasida 200 million dollarlik shartnomalar imzolaganini aytdi. "Menimcha, bu faqat boshlanishi", - dedi O‘zbekiston prezidenti.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid