Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vladimirdagi fojia qurbonlari soni ortdi. Reanimatsiyadagi bolaning joni uzildi
Vladimir viloyatida yo‘lovchi poyezdi avtobusni urib ketishi oqibatida jarohatlangan holda shifoxonaga olib borilgan bolalardan biri vafot etdi. Viloyat gubernatorining matbuot xizmati rahbari Rita Shlyaxova endilikda ushbu hodisa qurbonlari soni 17 nafarni tashkil etayotgani haqida ma'lumot bergan.
«Afsuski, bolalardan birining joni uzildi. Biz barchamiz qayg‘udamiz. Uni saqlab qolish uchun bor ishni qilgandik, uni saqlab qolishimizga ishongandik», degan u.
6 oktabr tongida Vladimir viloyatining Petushinsiy tumanidagi temiryo‘l kesishmasida Sankt-Peterburg – Nijniy Novgorod yo‘nalishi bo‘yicha harakatlangan poyezd o‘zbekistonlik ishchilar mingan avtobusni urib ketdi. Avtobusni Qozog‘iston fuqarosi bo‘lgan haydovchi boshqargan, 56 yo‘lovchining barchasi o‘zbekistonliklar.
Fojia oqibatida 16 nafar o‘zbekistonlik hayotdan bevaqt ko‘z yumdi, yana 4 kishi shifoxonada.
Mavzuga oid
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
15:48 / 13.06.2026
Bekobodda mashinada odam urib o‘ldirib, jasadni kanalga oqizib yuborgan “oper” 7 yilga qamaldi
14:06 / 11.06.2026
Qamchiq dovonida avtomobil jarlikka tushib ketdi
14:02 / 09.06.2026