O‘zbekiston | 12:00 / 06.10.2017
13479
2 daqiqa o‘qiladi

«Voz kechilgan» tovarlar kimga beriladi?

Vazirlar Mahkamasining 18.09.2017 yildagi 742-son qarori bilan Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organga topshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

Ma'lumot uchun: davlat foydasiga voz kechish — vakolatli shaxs tovardan voz kechadigan hamda uni bojxona to‘lovlari to‘lanmagan va iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanilmagan holda tekinga davlat mulkiga o‘tkazadigan bojxona rejimi.

Tovarni mazkur bojxona rejimiga joylashtirish bojxona organi tomonidan berilgan ruxsatnoma asosida vakolatli shaxsning arizasi bo‘yicha amalga oshiriladi. Keyin tovarlarni topshirish-qabul qilish va ularni sotish tasdiqlangan sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.

Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan tovarlar:

•  tovarlar (oziq-ovqat shaklidagi) — «O‘zbekoziqovqatzaxira» uyushmasi korxonalariga;
•  qimmatli qog‘ozlar — Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysiga;
•  qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar hamda undan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlar Davlat asillik darajasini belgilash palatasidan ekspertizadan o‘tkazilgandan so‘ng - Markaziy bank huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligiga;
•  boshqa tovarlar — Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, va hokimliklarga auksion o‘tkazish tartibida realizatsiya qilish uchun topshiriladi (tez buziladigan va past qiymatli tovarlar — to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish yo‘li bilan realizatsiya qilinadi).

Hujjat 25.09.2017 yildan kuchga kirdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid