Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onadagi omborxonadan 41,5 mln so‘m o‘g‘irlandi
Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahar ichki ishlar bo‘limiga shu shaharda joylashgan mas'uliyati cheklangan jamiyatga qarashli omborxonada o‘g‘rilik sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati xabar bergan.
O‘g‘rilar omborxonaga yarim tunda eshik qulfini buzib kirishib, u yerdan 41 550 000 so‘m pul va 150 AQSh dollarini olib ketganliklari aniqlandi.
Olib borilgan tezkor tadbir natijasida, ushbu jinoyatni mazkur omborxona ishchisi 1995 yilda tug‘ilgan D.N. va uning jinoiy sheriklari 1976 yilda tug‘ilgan Sh.M., 1996 yilda tug‘ilgan A.G‘., 1984 yilda tug‘ilgan U.A.lar sodir etganliklari aniqlanib ushlandilar.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid
12:05 / 07.01.2026
Humans ilovasi orqali 2 mingdan ortiq shaxsning pullari o‘g‘irlangan – manba
14:39 / 06.01.2026
Germaniya tarixidagi eng yirik bank o‘g‘riligi: birinchi muhim dalil topildi
11:55 / 03.01.2026
Bild: Gelzenkirxendagi bankdan 100 mln yevrodan ortiq pul o‘marilgan
13:44 / 02.01.2026