Jamiyat | 19:45 / 07.10.2017
9508
1 daqiqa o‘qiladi

Fuqaroning xonadonidan 4 kg.dan ortiq marixuanna topildi

Foto: IIV

Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanida Ichki ishlar vazirligi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida,  shu tumanida istiqomat qiluvchi 1977 yilda tug‘ilgan T.M.ning xonadoni tomorqasidagi 1 kv. metr maydonda nasha yetishtirgani aniqlandi. Bu haqda Andijon viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, T.M.ning yashash xonadonida qurilishi tugallanmagan xonadan 6 dona polietilen qoplarga va 1 dona tselofan paketga solingan, jami og‘irligi 4 kg. 204 gr. «marixuanna» giyohvandlik vositasi olindi. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid