Jahon | 21:18 / 07.10.2017
11063
1 daqiqa o‘qiladi

The Washington Post nashri Trampni hayratlantirdi

Foto: REUTERS/Yuri Gripas

AQSh prezidenti Donald Tramp The Washington Post nashri uning saylov kampaniyasi haqida ijobiy maqola yozganidan hayratlandi.

Tramp bu haqda tvitterdagi obunachilariga ma'lum qildi. 

"Nihoyat, The Washington Post’da ijobiy maqola ko‘rishimga ishona olmayapman. Unda Tramp saylovchilarining saylov kampaniyasiga pul ajratish borasidagi sa'y-harakatlari aytilgan. Respublikachilar partiyasi milliy qo‘mitasi demokratlarga qaraganda ancha ko‘proq pul to‘playdi va bu pullarning katta qismi menning ajoyib kichik homiylarimdir. Men charchoq bilmagan holda ular uchun mehnat qilaman!", deb aytgan Tramp.

Avvalroq Tramp OAVni, jumladan The Washington Post va The New York Times nashrlarini o‘ziga qarshi til biriktirishda ayblagandi.

Mavzuga oid