Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JCh-2018. Ispaniya ham jahon chempionatida!
2018 yilgi jahon chempionati uchun saralash bosqichining G guruhi yetakchisi Ispaniya o‘z maydonida Albaniyani qabul qilib, 3:0 hisobidagi yirik g‘alabaga erishdi.
Hisob 16-daqiqada Rodrigo tomonidan ochilgan bo‘lsa, oradan 7 daqiqada o‘tib, Isko farqni oshirdi. O‘yindagi so‘nggi gol 26-daqiqada Alkantara tomonidan kiritildi.
Guruhda 2-o‘rinda borayotgan Italiya terma jamoasi o‘z maydonida Makedoniya bilan durang qayd etdi. Mezbonlar tarkibida Kellini gol kiritgan bo‘lsa, mehmonlarning goliga Traykovski mualliflik qildi.
Uchinchi juftlik bahslarida Lixtenshteyn hamda Isroil terma jamoalar kuch sinashdi. 21-daqiqada Tibi tomonidan kiritilgan gol evaziga Isroil safarda g‘alabaga erishdi.
Shu tariqa, Ispaniya terma jamoasi 25 ochko bilan muddatdan oldin jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rinda borayotgan Italiyada 20 ochko bor.
G guruhi
Ispaniya – Albaniya 3:0 (3:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 16 Rodrigo, 2:0 – 23 Isko, 3:0 – 26 Alkantara.
Ispaniya – De Xea, Odriosola, Ramos, Alba, Pike (Nacho, 60), Saul, Alkantara, Silva (Asensio, 74), Koke, Isko, Rodrigo (Aduris, 82).
Albaniya – Berisha, Baliu (Sadiku, 46), Xyusay, Veseli, Memola (Agoli, 46), Grezda (Lyatifi, 66), Memushay, Jaka, Kache, Ayyeti, Lulaku.
Ogohlantirishlar: Lulaku (14), Jaka (26), Kache (29), Grezda (47), Pike (48), Silva (65), Xyusay (70).
Italiya – Makedoniya 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 40 Kellini, 1:1 – 77 Traykovski.
Italiya – Buffon, Dzappakosta, Bardzali (Rugani, 46), Kellini, Darmian, Verdi (Bernardeski, 64), Parolo, Insine, Galyardini (Kristante, 75), Bonuchchi, Immobile.
Makedoniya – Dimitriyevski, Velkoski (Zaykov, 75), Ristovski, Musliu, Spirovski, Xasani (Traykovski, 64), Bardi, Alioski, Nestorovski, Pandev (Trichkovski, 80), Radeski.
Ogohlantirishlar: Spirovski (53), Xasani (61), Parolo (69).
Lixtenshteyn – Isroil 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 21 Tibi.
Lixtenshteyn – Yyele, Kaufmann (Brendle, 51), Geppel, Malin (Ospelt, 89), Volfinger, Byuxel, Polverino, Byuxel, Xasler, Burgmayyer, Erne (Yyldyz, 73).
Isroil – Xarush, Tibi, Ben Xaim, Davidzada, Keltens, Natxo, Kabxa, Atar (Ben Xaim, 70), Melikson (Benayun, 78), Rafayelov (Eynbinder, 63), Xemed.
Ogohlantirishlar: Xasler (27), Byuxel (40), Burgmayyer (72).
Mavzuga oid
20:32 / 03.06.2026
Albaniyada namoyishlar: Trampning kuyoviga aloqador kompaniya muhofaza hududida kurort qurmoqchi
22:05 / 29.05.2026
Italiya hukumati Sitsiliya mafiyasining millionlab yevro aktivlarini musodara qildi
09:01 / 25.05.2026
Ispaniyada uy-joy inqirozi: ijarachilar ko‘chalarga chiqdi
00:04 / 20.05.2026