2018 yilgi jahon çempionati uçun saralaş bosqiçining G guruhi yetakçisi Ispaniya öz maydonida Albaniyani qabul qilib, 3:0 hisobidagi yirik ğalabaga erişdi. 

Hisob 16-daqiqada Rodrigo tomonidan oçilgan bölsa, oradan 7 daqiqada ötib, Isko farqni oşirdi. Öyindagi sönggi gol 26-daqiqada Alkantara tomonidan kiritildi. 

Guruhda 2-örinda borayotgan Italiya terma jamoasi öz maydonida Makedoniya bilan durang qayd etdi. Mezbonlar tarkibida Kellini gol kiritgan bölsa, mehmonlarning goliga Traykovski mualliflik qildi. 

Uçinçi juftlik bahslarida Lixtenşteyn hamda Isroil terma jamoalar kuç sinaşdi. 21-daqiqada Tibi tomonidan kiritilgan gol evaziga Isroil safarda ğalabaga erişdi. 

Şu tariqa, Ispaniya terma jamoasi 25 oçko bilan muddatdan oldin jahon çempionati yöllanmasini qölga kiritdi. Ikkinçi örinda borayotgan Italiyada 20 oçko bor. 

G guruhi
Ispaniya – Albaniya 3:0 (3:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 16 Rodrigo, 2:0 – 23 Isko, 3:0 – 26 Alkantara.
Ispaniya – De Xea, Odriosola, Ramos, Alba, Pike (Naço, 60), Saul, Alkantara, Silva (Asensio, 74), Koke, Isko, Rodrigo (Aduris, 82).
Albaniya – Berişa, Baliu (Sadiku, 46), Xyusay, Veseli, Memola (Agoli, 46), Grezda (Lyatifi, 66), Memuşay, Jaka, Kaçe, Ayyeti, Lulaku.
Ogohlantirişlar: Lulaku (14), Jaka (26), Kaçe (29), Grezda (47), Pike (48), Silva (65), Xyusay (70).

Italiya – Makedoniya 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 40 Kellini, 1:1 – 77 Traykovski.
Italiya – Buffon, Dzappakosta, Bardzali (Rugani, 46), Kellini, Darmian, Verdi (Bernardeski, 64), Parolo, Insine, Galyardini (Kristante, 75), Bonuççi, Immobile.
Makedoniya – Dimitriyevski, Velkoski (Zaykov, 75), Ristovski, Musliu, Spirovski, Xasani (Traykovski, 64), Bardi, Alioski, Nestorovski, Pandev (Triçkovski, 80), Radeski.
Ogohlantirişlar: Spirovski (53), Xasani (61), Parolo (69).

Lixtenşteyn – Isroil 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 21 Tibi.
Lixtenşteyn – Yyele, Kaufmann (Brendle, 51), Geppel, Malin (Ospelt, 89), Volfinger, Byuxel, Polverino, Byuxel, Xasler, Burgmayyer, Erne (Yyldyz, 73).