Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik bokschi Roy Jons o‘zini "rus" deb atadi
Rossiya fuqaroligiga ega amerikalik bokschi Roy Jons Rossiya prezidenti Vladimir Putinni 65 yoshlik yubileyi bilan tabrikladi va o‘zini "rus" deb atadi.
"Tug‘ilgan kuningiz bilan, Rossiya prezidenti, janob Vladimir Putin. Sizning hamyurtingiz bo‘lish va siz boshqarayotgan davlatni bilish imkoniyatini berganingiz uchun katta rahmat. Umid qilamanki, ajoyib bir kun siz nafaqat dunyodagi eng yaxshi, balki eng mashhur odamga aylanasiz. Barcha qilayotgan ishlaringiz uchun sizga rahmat. Tangri sizni panohida asrasin. Pasport uchun yana bir bor rahmat. Men – rusman", deb aytgan Jons.
Jons 4 ta vazn toifasida (72,6 kg, 76,2 kg, 79,38 kg gacha va o‘ta og‘ir vazn toifalari) jahon chempioni bo‘la olgan dunyodagi birinchi bokschi hisoblanadi. Bokschining hisobida 65 ta g‘alaba va 9 ta mag‘lubiyat bor. Bokschi Rossiya fuqaroligini 2015 yil sentabrida olgan.
Mavzuga oid
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026