Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yoshlar nima o‘qiyapti? So‘rovnomada ishtirok eting!
Ko‘pincha katta avlod vakillaridan “yoshlar kitob o‘qimay qo‘ydi” degan tanbehni eshitamiz. Haqiqatan ham shundaymi? Yoshlar faqat internet bilan andarmon bo‘lib, kitob o‘qimay qo‘ydimi? Ziyouz.uz portali hozirgi yoshlar qanday kitob o‘qiyotganlari bilan qiziqdi.
Portal tomonidan avvalroq Ziyolilar: kim nima o‘qiyapti?” deb nomlangan so‘rovnoma o‘tkazilgan edi. Unda atoqli olimlar, yozuvchi-shoirlar, adabiyot va boshqa soha vakillari – millatimiz ziyolilari ishtirok etishgan edi. Shu an'anani davom ettirgan holda “Yoshlar nima o‘qiyapti?” mavzusida so‘rovnomaga ham start berildi. 12 oktabrga qadar ushbu anketa savollariga javob bersangiz:
1. Ismi-sharifingiz.
2. Tug‘ilgan yilingiz (e'lon qilinmaydi, javoblar shunga ko‘ra tartiblanadi).
3. Kasbingiz, ish (o‘qish) joyingiz.
4. Hozir qaysi kitobni o‘qiyapsiz? (50 ta so‘zdan oshmasligi kerak).
5. So‘nggi o‘qigan kitobingiz (50 ta so‘zdan oshmasligi kerak).
Javoblar jamlanib, tartiblangandan so‘ng, www.ziyouz.uz saytida e'lon qilinadi. Yoshlar orasida eng ko‘p o‘qilayotgan kitob, muallif nomlari e'lon qilinadi. Shuningdek, yoshlar qaysi tillarda, qaydan mavzularda muhokama qilayotgani tahlil qilinadi.
Javob berayotganda kitob va uning muallifini aniq ko‘rsating. Kitob haqidagi fikringizni qisqacha bayon qiling. So‘rovnomani boshqa ziyoli yoshlarga ham yuborishingiz mumkin.
Javoblarni shu yerdan yuborishingiz mumkin:
Mavzuga oid
10:15 / 26.06.2026
Oliy toifali o‘qituvchilar maqsadli magistraturaga qabul qilinadi
15:13 / 15.06.2026
Namanganda ta’lim tizimi mansabdori tezkor tadbirda qo‘lga olindi
10:00 / 15.06.2026
O‘qigan har bir kitob uchun uch kun: mahkumlar uchun yangi tartib tasdiqlandi
11:10 / 08.06.2026