Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy vakili xalqaro savdo qoidalarini o‘zgartirishni taklif qildi
Foto: Fotolia / Stripped Pixel
Xalqaro savdoning amaldagi qoidalari rivojlanishni sekinlashtirmoqda, ularni o‘zgartirish lozim, deb aytdi "Ipak yo‘li" xalqaro savdo palatasi raisi Chjunxan Li Afinadagi YeI-Yevrosiyo-Xitoy forumida.
Ushbu sammit "Sharqdan G‘arbga tomon ko‘prik qurib" deb atalib, The Economist jurnali tomondan tashkillashtirilgan.
"Jahon iqtisodiyoti ayni vaqtda juda sekin rivojlanmoqda. Xalqaro savdo qoidalari va standartlari to‘liq emas yoki noqulaydir va barqaror iqtisodiy rivojlanish yo‘lida bosh tormoz hisoblanadi. "Ipak yo‘li"ning sentabrdagi biznes-sammiti 90 ta xalqaro tashkilot va biznes-uyushmalarni jalb qildi va biz transmilliy savdo standartlari va qoidalarini qabul qilish bo‘yicha taklif bildirdik", deb aytdi Chjunxan Li.
"Biz ko‘priklar qurish va ko‘proq o‘zaro aloqani ta'minlash uchun birga "Ipak yo‘li"ni quruqlikda, dengizda, havoda va kiberhududda qurishimiz kerak. Qadimdan beri o‘zaro aloqalar iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotning asosiy sharti hisoblanadi", deb aytdi Xitoy vakili.
U "Bir kamar, bir yo‘l" loyihasi Xitoy yetakchisi tomondan taklif qilingani va Xitoyni Yevropa bilan bog‘lashi kerakligini eslatib o‘tdi.
Mavzuga oid
13:52 / 15.01.2026
Xitoyning Rossiya bilan savdo hajmi 5 yilda ilk bor qisqardi
12:13 / 14.01.2026
Arktika xavfsizligi: Germaniya Rossiya va Xitoy tahdidlariga ishora qildi
23:35 / 12.01.2026
O‘ldingmi? – Xitoyda yolg‘iz odamlar uchun mo‘ljallangan ilova ommalashdi
00:48 / 11.01.2026