Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MDH davlat rahbarlari kengashida muhim hujjatlar imzolanadi
11 oktabr kuni Rossiyaning Sochi shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi o‘tkaziladi.
RF prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovning ma'lumot berishicha, hamdo‘stlikka a'zo davlatlar rahbarlari jinoiy yo‘l bilan topilgan daromadlarni qonuniylashtirishga qarshi kurashish, shuningdek, terrorizmni moliyalashtirish hamda ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishga qarshi kurashish sohasidagi hamkorlik konsepsiyasini muhokama qilishadi.
O‘zbekiston TIV rasmiy sayti ushbu yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etishini tasdiqlagan. Xabarda aytilishicha, majlisda MDHga a'zo mamlakatlar davlat rahbarlari ko‘p qirrali hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilishi, mintaqaviy va xalqaro miqyosdagi masalalar yuzasidan fikr almashishi, 2018 yilda Hamdo‘stlikka raislik qiladigan davlat masalasini ko‘rib chiqishi kutilmoqda.
Sammit yakunida MDHga a'zo mamlakatlar davlat rahbarlarining Oila instituti va an'anaviy oilaviy qadriyatlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bayonoti, 2019 yilni Kitob yili, 2020 yilni 1941-1945 yillardagi ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaning 75 yilligi yili, deb e'lon qilish haqida qaror, shuningdek, Hamdo‘stlik mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan boshqa hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston Prezidenti Sochi shahrida ikki tomonlama qator uchrashuvlar ham o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev MDH davlatlari rahbarlari yig‘ilishida ishtirok etishdan bosh tortgan.
Mavzuga oid
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
13:33 / 12.03.2026
Moldova hukumati mamlakatning MDHdan chiqishini ma’qulladi
08:30 / 20.01.2026
Moldova MDHdan chiqish jarayonini boshladi
19:50 / 26.12.2025