13:15 / 09.10.2017
47337

«Oltin to‘p»ga da'vogar dastlabki 5 nomzod e'lon qilindi

Foto: ItaSportPress

France Football jurnali «Oltin to‘p» sovriniga da'vogarlar ro‘yxatini e'lon qilishni boshladi.

Dastlab 5 nafar nomzod e'lon qilindi. Ular - PSJ hujumchisi Neymar, "Real" yarimhimoyachisi Luka Modrich, uning jamoadoshi Marselo, "Yuventus" hujumchisi Paulo Dibala va "Chelsi" yarimhimoyachisi N`Golo Kante.

Ta'kidlash joizki, asosiy ro‘yxatdan 30 nafar futbolchi joy oladi. Ulardan faqat bir nafari nufuzli sovrinni qo‘lga kiritadi. Nomzodlar kun davomida e'lon qilib boriladi.

Eslatib o‘tamiz, "Oltin to‘p"ning amaldagi sohibi - "Real" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldudir.

Mavzuga oid
Top