France Football jurnali «Oltin töp» sovriniga da'vogarlar röyxatini e'lon qilişni boşladi.
Dastlab 5 nafar nomzod e'lon qilindi. Ular - PSJ hujumçisi Neymar, "Real" yarimhimoyaçisi Luka Modriç, uning jamoadoşi Marselo, "Yuventus" hujumçisi Paulo Dibala va "Çelsi" yarimhimoyaçisi N`Golo Kante.
Ta'kidlaş joizki, asosiy röyxatdan 30 nafar futbolçi joy oladi. Ulardan faqat bir nafari nufuzli sovrinni qölga kiritadi. Nomzodlar kun davomida e'lon qilib boriladi.
Eslatib ötamiz, "Oltin töp"ning amaldagi sohibi - "Real" va Portugaliya terma jamoasi hujumçisi Kriştianu Ronaldudir.











