O‘zbekiston | 16:30 / 09.10.2017
5042
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston delegatsiyasi «ShHT-Afg‘oniston» muloqot guruhi majlisida ishtirok etadi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi «ShHT—Afg‘oniston» muloqot guruhining majlisida ishtirok etadi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Majlis 11 oktabr kuni Moskva shahrida bo‘lib o‘tadi.

Yig‘ilish ishtirokchilari Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha fikrlar almashishadi, Afg‘onistonda tinchlikka erishish yo‘llarini muhokma qilishadi, shuningdek, ShHT hamda Afg‘oniston o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash yo‘lida muzokaralar o‘tkazishadi.

«ShHT – Afg‘oniston» muloqot guruhi 2015 yilda ShHT TIVK qaroriga ko‘ra tashkil etilgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid