Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyodagi eng yirik teleskop 2 ta yangi pulsarni aniqladi
Xitoyning ayni vaqtda dunyoning eng yirik teleskopi hisoblanuvchi Five hundred meter Aperture Spherical Telescope – FAST teleskopi ishga tushirilgandan beri o‘tgan vaqt mobaynida birinchi marta 2 ta yangi pulsarni aniqlay oldi. Bu haqda XXR Fanlar akademiyasi huzuridagi Davlat astronomiya observatoriyasiga asoslanib Sinxua agentligi xabar qilmoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, pulsarlardan biri Yerdan 4,1 ming yorug‘lik yili masofada joylashgan, ikkinchi sayoramizdan 16 ming yorug‘lik yili uzoqlikda.
Ulkan radioteleskopni qurish tashabbusi xitoylik mutaxassislar tomonidan 1994 yili ilgari surilgan edi. 30 ta futbol maydoniga teng, ya'ni perimetri 1,6 km, diametri 500 metrga teng teleskopning qurilishi 2011 yil martida boshlandi.
FAST 2016 yil sentabrida Guychjou viloyatining Tsyannan-Bui-Myao muxtor o‘lkasi Pintan tumanida ishga tushirildi. Hozirda u Xitoyning eng qimmat astronomik loyihasi hisoblanadi. U davlat byudjyetiga 1,2 mlrd yuanga (180 mln AQSh dollar) tushgan.
Pulsarlar katta tezlikda aylanuvchi neytron yulduzlar bo‘lib, ular qat'iy davriy elekromagnit nurlarni chiqaradi.
Olimlar ilk pulsarlarni o‘tgan asrning 60-yillari oxirida aniqlashgan. Ular tarayotgan signallar davriyligi sababli, olimlarni o‘zga sayyoraliklarning signallari deb baholashgan.
Mavzuga oid
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
20:27 / 09.06.2026