Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nokia 2, Nokia 7 va Nokia 9 qachon namoyish etiladi?
HMD Global joriy yilda Nokia 3, Nokia 5, Nokia 6 va Nokia 8 smartfonlarini ishlab chiqardi. Gap-so‘zlarga ko‘ra, fin kompaniyasi yangi Nokia 2, Nokia 7 va Nokia 9 smartfonlari ustida ishlamoqda. Gizmochina'da kompaniya 2018 yilning boshidayoq yangi qurilmalarni ishlab chiqarishni boshlashiga doir ma'lumot paydo bo‘ldi.
Nokia 2, Nokia 7 va Nokia 9 haqida qanday ma'lumotlar bor?
Nokia 2 boshlang‘ich darajali telefon sifatida taklif etiladi. Nokia 9 esa kompaniyaning yangi dolzarb flagmani bo‘ladi. Shuningdek taxminlarga ko‘ra, kompaniya Nokia 7 nomi ostidagi byudjyet qurilmani ishlab chiqarish ustida ham ishlamoqda, hozircha uning xususiyatlariga doir ma'lumotlar yo‘q.
Nokia 2 smartfoni 5 dyuymli HD-displey, Snapdragon 212 chipseti, 1 Gb operativ xotira, 16 Gb ichki xotira va 400 mAs sig‘imli batareyaga ega bo‘lida.
Nokia 9, ma'lumotlarga ko‘ra, hoshiyasiz moslashuvchan ekran, Snapdragon 835 chipi va ikki asosiy kamera bilan ta'minlanadi. Uning 6 Gb va 8 Gb operativ xotirali modellari taqdim etiladi.
Qachon?
HMD Global bilan hamkorlik qiluvchi logistik kompaniya vakilining ta'kidlashicha, yangi Nokia smartfonlari bu yil taqdim etilmaydi. Insayder ma'lumotlariga ko‘ra, Nokia 2, Nokia 7 va Nokia 9 smartfonlari 2018 yilning boshida namoyish etiladi. U bu haqidagi tasdiqlangan ma'lumotni o‘zining Facebook sahifasida ma'lum qildi. Nokia smartfonlari MWC 2018'da namoyish etilishi kutilmoqda, kompaniyaning bundan avvalgi yangi qurilmalari MWC 2017'da taqdim etilgan.
Mavzuga oid
18:13 / 10.06.2026
Smartfonni quvvatlashdagi asosiy xatolik aytildi
17:37 / 09.06.2026
Afg‘onistonda davlat xizmatchilariga smartfondan foydalanish taqiqlandi
21:33 / 25.04.2026
Smartfonda energiya tejash rejimini qachon yoqish kerak?
18:01 / 15.04.2026