O‘zbekiston | 22:05 / 10.10.2017
3478
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Ukrainadagi elchixonasida biznes uchrashuv bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning 18 oktabr kuni O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasida o‘zbek-ukrain biznes uchrashuv bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. «Interfaks» xabariga ko‘ra, uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi samimiy do‘stlik va hamkorlik aloqalari muhokama etilishi rejalashtirilgan. 

Shuningdek, biznes uchrashuvda ishlab chiqarish sanoati sohasida hamkorlik, xususan, charm va oyoq kiyimlarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish rejalari muhokama etilishi bildirilmoqda.

Kiyevda o‘tkaziladigan biznes uchrashuvda O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari sifatida «O‘zbekcharmpoyabzal» assotsiatsiyasi raisi Sh.Sheraliyev ishtirok etadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid