Sport | 08:28 / 11.10.2017
6142
1 daqiqa o‘qiladi

Aren Robben milliy terma jamoadan ketishini e'lon qildi

Foto: Getty Images

"Bavariya" yarim himoyachisi Aren Robben Niderlandiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashini e'lon qildi.      

33 yoshli futbolchi bu haqda 2018 yilgi jahon chempionati saralash bosqichidan o‘rin olgan Shvetsiyaga qarshi o‘yindan keyin ma'lum qildi. Niderlandiya raqibini 2:0 hisobida mag‘lub etganiga va Robbenning dubliga qaramay, o‘z guruhida 3-o‘rinni egallab, Rossiyaga borish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi. 

Robben terma jamoadagi faoliyatini 2003 yilda boshlagan. U jamoa safida 96 ta o‘yin o‘tkazib, 37 ta golga mualliflik qilgan.

Robben Niderlandiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida Dennis Bergkamp bilan 4-o‘rinni bo‘lishadi.

Futbolchi terma jamoa safida 2004 yilgi Yevropa va 2014 yilgi jahon chempionati bronza medallarini, 2010 yilgi jahon chempionatining kumush medalini qo‘lga kiritgan.  

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid