Jahon | 14:30 / 12.10.2017
3194
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniyaning bir aviakompaniyasi boshqasini sotib oladi

Foto: EPA

Germaniyaning eng yirik aviakompaniyasi Lufthansa bankrotlikka yuz tutgan Air Berlin’ning aksariyat bo‘linmalarini sotib olish bo‘yicha kelishuvni imzoladi. Bu haqda DPA agentligi konsern rahbari Karsten Shporga asosan xabar berdi.

Mahalliy vaqt bilan soat 12: 00 (Toshkent vaqti bilan soat 15:00)da, uning so‘zlariga ko‘ra, shartnoma yuridik jihatdan rasmiylashtiriladi. «Haqiqatda, bugun muhim kun», - deya Shporning so‘zlarini keltiradi agentlik. Kontsern rahbariyati Air Berlin bilan uch hafta davomida muzokaralar olib bordi.

Shporning Rheinische Post gazetasida chop etilgan intervyusida xabar berilishicha, Lufthansa Air Berlin’dan 81 ta samolyot sotib olishni va 3000 ga yaqin xodimni ish bilan ta'minlashni rejalashtirmoqda. «Bunga umumiy hisobda 1,5 milliard yevro ajratiladi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi kompaniya rahbari. Shu bilan birga, u Lufthansa Air Berlin’ning bankrot bo‘lgani tufayli xorijda qolib ketgan yo‘lovchilarni «adolatli narxda» vatanlariga olib kelishga tayyor ekanini ta'kidladi.

15 avgust kuni Germaniyadagi ikkinchi eng yirik aviakompaniya bo‘lmish Air Berlin bankrotlik e'lon qilgani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid