Germaniyadagi ikkinçi eng yirik aviakompaniya bölmiş Air Berlin bankrotlik e'lon qildi. Bu haqda Deutsche Welle xabar tarqatgan.

Hozirça hukumat taqdim etgan 150 mln yevro miqdoridagi kredit evaziga uçişlar davom ettiriladi.

Bankrotlik jarayoni boşlangani haqida aviakompaniyadagilar 15 avgust kunining ikkinçi yarmida ma'lum qilişdi. Bayonotga köra, asosiy homiy bölmiş Etihad Airways kompaniyasi kelgusida moliyaviy qöllab-quvvatlamasligini ma'lum qilgan.

Air Berlin aviakompaniyasi yölovçi taşiş hajmi böyiça Germaniyada ikkinçi, Yevropada yettinçi örinda turadi. Aviakompaniya 150 yönalişda reyslar amalga oşiradi.

Air Berlin har yili 30 million yölovçini manziliga yetkazadi.

Keyingi bir neça yilda Air Berlin zararga işlay boşladi. 2016 yilda zarar miqdori 780 million yevroni taşkil qildi. Kompaniya faoliyatini Etihad Airways körsatayotgan yordamlar evaziga davom ettirayotgandi.