Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya sharqiy chegaralariga og‘ir artilleriya kuchlarini yo‘lladi
Turkiya Qurolli kuchlari Iroq bilan chegara hududiga tanklar va artilleriya qismlarini jo‘natdi. Dunya nashrida yozilishicha, harbiy texnika mamlakat janubi-sharqidagi Shirnoq viloyatida joylashgan "Habur" postiga olib kelinadi.
G‘arbiy hududlardagi tanklar 12 oktabrga o‘tar kechasi kuchaytirilgan nazorat ostida ko‘chirilgan. Qayd etilishicha, tanklar Turkiyaning shu hududida 18 sentabr kuni boshlangan, 26 sentabr kuni Iroq harbiylari ham qo‘shilgan harbiy mashg‘ulotlarda ishtirok etishi mo‘ljallangan.
Bu manevrlar orqali Turkiya va Iroq hukumati mustaqillik uchun referendum o‘tkazgan kurdlarga bosim o‘tkazishni niyat qilgan.
Anadolu Ajansi xabariga ko‘ra esa harbiy kolonna Suriya bilan chegaraga keltirilgan. Armiya bo‘linmalari Suriyadagi harakatlarni qo‘llab-quvvatlaydi.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026