Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Kuba va Venesuelaga qarshi sanksiyalarini yumshatmoqchi emas
Foto: Flickr / ctam
AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington Kuba va Venesuelaga qarshi sanksiyalarni yumshatmoqchi emasligini ma'lum qildi. Bu haqida RT nashrida xabar berildi.
"Biz Erondan to Shimoliy Koreyagacha hukmron bo‘lgan noqonuniy rejimlarga qarshilik qilamiz. Biz Kuba kommunistik diktaturasi va Venesueladagi sotsialistik zulmga qarshilik qilamiz", - dedi Tramp Vashingtondagi chiqishi davomida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu mamlakatlar o‘z xalqining siyosiy va diniy erkinligini tiklamas ekan, AQSh mazkur "repressiv rejimlar"ga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni bekor qilmaydi.
Ta'kidlash joizki, 25 avgust kuni Donald Tramp Venesuelaga nisbatan yangi moliyaviy sanksiyalar joriy qilish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Sentyabr oyida Amerika yetakchisi yarim asrdan ziyod vaqt davomida Kubaga nisbatan amalda bo‘lib kelgan savdo embargosi muddatini uzaytirdi.
Mavzuga oid
12:20 / 28.02.2026
“Drujba” atrofidagi bahs: Zelenskiy Fitsoni Kiyevga taklif qildi
12:07 / 23.02.2026
Trampning qarorgohi yonida otib o‘ldirilgan shaxs 21 yoshli rassom bo‘lgan
21:26 / 18.02.2026
Rossiya sanksiyalarni bekor qilish evaziga AQShga «katta kelishuv» taklif qildi – OAV
21:59 / 06.02.2026