Jahon | 18:57 / 13.10.2017
13929
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniyadagi qishloqda joylashgan restoran dunyoning eng yaxshi restorani deb topildi

Foto: tripadvisor.com

Buyuk Britaniyaning Nort-Yorkshir grafligidagi Oldstid qishlog‘ida joylashgan The Black Swan restorani Trip Advisor Travelers' Choice 2017 talqini bo‘yicha dunyoning eng yaxshi restorani deb topildi. Bu haqda Mirror nashri xabar bermoqda

Shunisi ma'lumki, restoran bosh oshpazi Tommi Benks Mishlen yulduzini olgan Britaniyadagi eng yosh oshpaz hisoblanadi. Mishlen yulduzi restoratorlik sohasida taqdim qilinadigan eng nufuzli mukofot hisoblanadi.

E'tiborlisi, restoran TripAdvisor Travelers' Choice reytingining eng yuqori pog‘onasini egallagan Britaniyadagi ilk restoran bo‘ldi.

Bu borada 2-o‘rinni Britaniyaning yana bir restorani Belmond Le Manoir aux Quat'Saisons (Oksfordshir grafligi) oldi. 3-o‘rin esa Fransiyaning Shani shahrida joylashgan Maison Lameloise restoraniga nasib etdi.

Tommi restoranni 17 yoshida akasi bilan birga ochgan, Mishlen yulduzini esa 24 yoshida olgan.

Ro‘yxatdan umumiy hisobda 25 ta restoran joy olgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid