Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada axaltaka zotli otlar parvarishlanmoqda
Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida joylashgan Muhammadumar Olimov nomli fermer xo‘jaligi 2001 yilda tashkil etilgandi. Umumiy maydoni 100 gektardan ortiq bo‘lgan fermada zotdor ot turlari parvarishlanmoqda. Jumladan, Axaltaka.
Bugungi kunda fermer xo‘jaligida 100dan ziyod ot parvarishlanadi. Ular orasida Axaltaka zotidan tashqari, ingliz va arab zotli otlar ham bor. Ferma hududida zotdor otlarni ko‘paytirish, sohada naslchilik ishlarini yaxshilashga ham alohida e'tibor berilmoqda.

Fermaga esa Abdubarnob Qosimov rahbarlik qiladi. Usta yilqichining aytishicha, sportchi otlar 2 yoshidan alohida parvarishga tashlanadi. 4 yoshga yetganda ayni kuchga to‘ladi va bemalol katta otlar bilan bellasha oladi. 8 yoshgacha turli musobaqalarda qatnashishi mumkin. Uloqchi otlar esa 4 yoshidan boqiladi. Ular hatto 20 yoshda ham uloqda ishtirok etish uchun kuch va harakat xususiyatlarini yo‘qotmaydi.

Ma'lumki, Farg‘ona viloyatida yilqichilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari juda kam uchraydi. Biroq, ko‘rayapmizki natijalar yomon emas. Mazkur fermer xo‘jaligida uloqchi, poygada tezkor va to‘siqlar osha chopadigan otlar yetarli.

Yo‘qolib borayotgan qorabayir otlari naslini saqlab qolish va sohani rivojlantirish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar ham bugun g‘ururga, iftixorga sabab bo‘layapti. Muhimi, ko‘pdan-ko‘p xislatlari bilan tabiatning bir mo‘'jizasi bo‘lgan otchilik Farg‘onada rivojlanmoqda.
Ahror Ziyo, Farg‘ona
Mavzuga oid
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026
“Maqsad sari” shina tortgan bola: uning otasiga chora ko‘rilishi mumkin
08:24 / 20.05.2026
Farg‘ona va Namanganda yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi
11:41 / 19.05.2026