Sport | 22:35 / 13.10.2017
10093
1 daqiqa o‘qiladi

FIFA "PSJ" prezidenti ustidan surishtiruv boshladi

Foto: SA News Gazette

FIFA Fransiyaning "PSJ" klubi prezidenti va BeIN Media Group kompaniyasi bosh direktori Nosir Al-Xilayfiy ustidan dastlabki surishtiruv ishlarini boshladi, deb xabar bermoqda FrancePress.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Al-Xilayfiy FIFA sobiq bosh kotibi Jyerom Valkega pora sifatida Sardiniya orolidagi villani sovg‘a qilgani haqida xabarlar chiqqan edi. 

AFP xabariga ko‘ra, qiymati 7 million yevroga teng bu uy, jahon chempionati o‘yinlari translyatsiyasini sotib olish huquqi evaziga tortiq qilingan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid