Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston Qirg‘izistonga insonparvarlik yordami ajratdi
Qirg‘iziston Respublikasida yuzaga kelgan tabiiy-iqlim sharoitlari tufayli Qozog‘iston hukumati qo‘shni davlatga insonparvarlik yordamini ko‘rsatishga qaror qildi, bu haqda Qozog‘iston hukumatining 2017 yil 9 oktabrdagi «Qirg‘iziston Respublikasiga rasmiy insonparvarlik yordami ko‘rsatish to‘g‘risida»gi 632-sonli qarorida aytiladi.
Hujjat matniga ko‘ra, Qirg‘izistonga rasmiy insonparvarlik yordamini ko‘rsatish uchun davlat moddiy zaxirasidan moddiy boyliklarni ajratish vazifasi topshirildi. Insonparvarlik yordami ro‘yxatidan taxtalar, metalloprokat va yog‘och ustunlari joy olgan.
«Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga rasmiy insonparvarlik yordamini oluvchini aniqlash va uni ko‘rsatish bo‘yicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtirishni ta'minlash vazifasi yuklandi. Qirg‘iziston Respublikasiga gumanitar yuklarni yetib berish uchun sostavlarni o‘z vaqtida taqdim etish Qozog‘iston Respublikasi Investitsiyalar va taraqqiyot vazirligi tomonidan ta'minlanadi», - deya ko‘rsatilgan qarorda.
O‘z navbatida, Qozog‘iston Respublikasi Mudofaa hamda kosmik sanoat, moliya, investitsiyalar va taraqqiyot vazirliklariga ushbu qarordan kelib chiquvchi choralarni ko‘rish vazifasi yuklandi.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026