Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Litva 122 mln yevroga o‘rta masofali HHH vositalarini xarid qiladi
Litva hukumati Norvegiyadan 122 mln yevro evaziga o‘rta masofali havo hujumidan himoya tizimlarini xarid qiladi. Bu ma'lumotni mudofaa vazirining matbuot bo‘yicha o‘rinbosari Vita Ramanauskayte Baltika yangiliklar xizmatiga tasdiqlagan.
“Mudofaa vazirligining mudofaa zaxiralari bo‘yicha kengashi ushbu xaridni ma'qulladi”, -degan u.
Ramanauskaytening so‘zlariga ko‘ra, Norvegiya tomoni bilan shartnoma “2 haftadan keyin” imzolanishi kutilmoqda.
Mudofaa vazirining matbuot kotibi shartnoma qiymati bo‘yicha izoh berishdan bosh tortdi. Biroq 2018 yilgi davlat byudjyeti loyihasida Litva kelgusi 3 yilda HHH tizimini modernizatsiya qilish va xarid qilish maqsadlariga 122,4 mln yevro sarflashi qayd etilgan.
Hozirda Litva qurolli kuchlari tarkibida yaqin masofali HHH tizimlari bor.
Mavzuga oid
08:16 / 09.06.2026
Norvegiya dunyodagi eng chuqur suvosti tunnelini qurmoqda
08:59 / 28.05.2026
Norvegiya Fransiyaning yadroviy “qalqoni”ga qo‘shildi
10:56 / 27.05.2026
Latviya va Litva Rossiya elchilarini chaqirtirdi
21:31 / 21.05.2026