Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi qaror: Asl Oyna 180 million dollarlik loyihalarni amalga oshiradi
Asl Oyna ixtisoslashtirilgan shisha idishlar ishlab chiqaruvchisi umumiy qiymati 178 mln. dollar bo‘lgan sakkizta investitsiya loyihasini amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
O‘zbekiston hukumati «Oziq-ovqat tovarlari chiqarilishini kengaytirish uchun shisha mahsulotlarini ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni chiqardi.
Hujjatda qayd etilishicha, Asl Oyna yillik quvvati 200 million shartli birlik bo‘lgan shisha idishlar ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirdi.
Kompaniyaning aksiyadorlari umumiy qiymati 178 million dollar bo‘lgan qo‘shimcha investitsiya loyihalarini amalga oshirishga qaror qilishdi. Loyihalar 2020 yilgacha amalga oshiriladi.
Jumladan, korxona shisha idishlar ishlab chiqarishni yiliga 200 mln.dan 600 mln. shartli birlikka qadar kengaytirish bo‘yicha loyihalarni 3-, 4- va 5-shishasozlik pechlari hamda shisha ishlab chiqarish uchun xom ashyo materillarini boytirish bo‘yicha zavodni, umumiy qiymati 130 mln. AQSh dollariga teng zamonaviy texnologik uskunalarni joriy etish orqali qurish va foydalanishga topshirish hisobidan amalga oshiradi.
O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki ushbu loyihaga Asl Oyna’ning ustav fondiga qo‘shimcha mablag‘ ajratish orqali 30 mln. dollar sarmoya kiritadi. Loyihani amalga oshirish doirasida O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining 100 mln. dollar miqdoridagi kredit mablag‘lari ham jalb qilinadi.
Asl Oyna kompaniyasi shuningdek, 2019 yilga qadar qiymati 5 mln. dollar va ishlab chiqarish quvvati yiliga 10 mln. litr bo‘lgan yaxna ichimliklarni ishlab chiqarish bo‘yicha zavodni qurish niyatida.
2021 yilga qadar kompaniya meva-sabzavot konservalari va mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha qiymati 13 mln. dollar bo‘lgan zavodni qurish bo‘yicha loyihani ham amalga oshiradi. Korxona ishga tushirilgach, 12 ming tonna meva-sabzavot konservalarini ishlab chiqaradi.
Tvist Off metall qopqoqlar ishlab chiqarishni tashkil qilishga taxminan 4 million dollarlik sarmoya va 10 mln. dollar – tovarlarning identifikatsiyasi uchun stiker-yorliqlarni ishlab chiqarishni tashkil etishga yo‘naltiriladi. Birinchi zavod quvvati yiliga 16,6 mln. qopqoqni tashkil etadi, ikkinchisiniki esa – kuniga 10 dan 100 mln.gacha stiker-yorliqlari.
Mavzuga oid
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026
Toshkentda Navro‘z munosabati bilan xalq sayillari tashkil etiladi
10:48 / 12.02.2026