Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an AQShni yolg‘onchilikda aybladi
AQShning Istanbuldagi bosh konsulligi xodimi, Turkiya tomondan hisbga olingan Metin Topuz bilan uchrasha olmayotganini ta'kidlayotgan AQSh vakillari yolg‘on so‘zlashmoqda, deb aytdi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an.
"AQSh butun dunyo bo‘ylab yolg‘on gapiradi! Ularning konsulligi xodimi 4 oktabrda hibsga olingandan keyin hech kim u bilan uchrashishni so‘ramagan. Ularga xodimlariga qo‘yilgan ayblovlar haqidagi hujjat kerakmi? Uni tashqi ishlar vazirligi emas, sud beradi", deb aytgan prezident.
Uning aytishicha, Anqarani o‘zini Turkiyaning hamkorlari deb ataydigan davlatlar ikkiyuzlamachiligi tashvishlantirmoqda. "Yuzma-yuz ko‘rishganda ular va'dalar va kafolatlar beradilar, orqamizdan esa iflos ishlar qilishadi. Bu ishlar shunchalik ko‘rinish oldiki, ularni yashirishning boshqa iloji yo‘q", deb aytdi Erdo‘g‘an.
4 oktabrda AQShning Istanbuldagi bosh konsulligi xodimi Metin Topuz hibsga olingandi. Unga qarshi Fathulla Gulen tashkiloti bilan aloqadorlik, josuslik ayblari qo‘yilgan. Vashington bunga chora sifatida turk fuqarolariga vizalar berishni to‘xtatgan. Turkiya esa bunga xuddi shunday aks chora bilan javob bergan.