Jahon | 18:49 / 14.10.2017
9587
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Suriya armiyasi IShID jangarilaridan yana bir shaharni ozod qildi

Foto: Ammar Safarjalani / Xinhua.

Suriya hukumat qo‘shinlari Dayr az-Zor viloyatidagi Al-Mayadin shahri ustidan nazoratni tiklashdi, deya xabar bermoqda SANA agentligi manbalarga asosan.

Manbalar ma'lumotlariga ko‘ra, aholi punktini ozod qilish bo‘yicha amaliyot davomida IShID terrorchilik guruhining ko‘plab jangarilari, ularning qurol-yarog‘lari va aslaha-anjomlari yo‘q qilingan.

8 oktabr kuni Suriya armiyasi Al-Mayadinda IShID jangarilarini o‘rab olgandi.

Avvalroq Suriyaning IShID tomonidan egallab olingan va ma'muriy markaz deb e'lon qilingan Raqqa shahri butunlay estremistlardan ozod qilingani xabar berilgandi. 

Mavzuga oid