Suriyaning IŞID tomonidan egallab olingan va ma'muriy markaz deb e'lon qilingan Raqqa şahri butunlay estremistlardan ozod qilindi. Bu haqda Al Arabiya telekanali öz manbalariga asoslangan holda xabar qilmoqda.

Ma'lumotlarga köra, jangarilar guruhlarining qoldiqlari "Suriya demokratik kuçlari"ga taslim bölgan. 

Raqqani ozod qiliş böyiça hujum 6 iyunda boşlangan edi. SDKni havodan AQŞ yetakçiligidagi xalqaro koalitsiya harbiy-havo kuçlari qöllab-quvvatladi.