Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident «Hazorasp» EIZ faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha loyihalar bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyati iqtisodiyotiga jalb qilinadigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri invistitsiyalarni ko‘paytirish va «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini yanada rivojlantirish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar tarqatdi.
“Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasi uchun 414 gektardan ortiq yer maydoni ajratilgan. Keyinchalik ushbu hudud yanada kengaytiriladi. Yangi erkin iqtisodiy zonada qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash, qadoqlash, to‘qimachilik, poyabzal va charm-galantereya, kimyo, farmatsevtika, oziq-ovqat, elektrotexnika sanoati, mashinasozlik va avtomobilsozlik, qurilish materiallari kabi qator yo‘nalishlarda zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari tashkil etiladi.
Davlat rahbari joriy yil 27 yanvar kuni Xorazm viloyatiga tashrifi davomida ushbu loyiha bilan tanishib, amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan zarur topshiriqlar bergan edi. Ayni paytda erkin iqtisodiy zona chegaralarini o‘rnatish, bojxona posti tashkil qilish, xorijiy va mahalliy investorlarni jalb etish ishlari amalga oshirilmoqda. Tashkil etiladigan zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari uchun zarur imkoniyatlar yaratish maqsadida muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi, xususan, gaz, suv va elektr tarmoqlari, kanalizatsiya, avtomobil va temir yo‘llari, aloqa tizimi shakllantirilmoqda.
Hududda ishlab chiqarish quvvatlarini joylashtirish bo‘yicha bugungi kunda 25 loyiha ishlab chiqilgan. Natijada 1000 dan ortiq ish o‘rinlari yaratiladi.
“Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasi hududda ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan samarali foydalanish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish, aholini barqaror daromad bilan ta'minlash, xalq turmush farovonligining yuksalishiga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
11:40 / 08.06.2026
Toshkent va Xorazmda yirik giyohvandlik savdosiga chek qo‘yildi
09:23 / 28.04.2026
«Urganch-1» suv ko‘taruvchi nasos stansiyasi yangilanadi – Saida Mirziyoyeva
21:46 / 27.04.2026
Saida Mirziyoyeva Xorazmda prezident qarorlari ijrosini o‘rgandi
10:15 / 17.04.2026