Ruhoniy: AQSh Eron atom bo‘yicha kelishuvini yakka tartibda buza olmaydi
Eron prezidenti Hasan Ruhoniyniing bayonot berishicha, AQSh Eron yadro dasturi bo‘yicha oltilik va Tehron o‘rtasida erishilgan kelishuvdan yakka tartibda chiqa olmaydi. U Eron televideniyesi orqali qilgan chiqishida shunday fikrni bildirgan.
"Hech bir prezident BMT tomonidan qo‘llab-quvvatlangan xalqaro kelishuvni bekor qila olmaydi, - deya Ruhoniy so‘zlarini keltiradi Press TV. – Bu Eron va AQSh o‘rtasidagi bitim emas, uni bekor qilib bo‘lmaydi".
Eron rahbari, shuningdek, kelishuv shartlarini o‘zgartirish imkoniyatini ham rad etgan. "U Qo‘shma keng qamrovli rejaga Kongress bilan yangi bandlarni qo‘shishni rejalashtirmoqda. Biroq u bu kelishuvga hech qanday yangi shart qo‘shila olmasligini bilmaydi", - deb ta'kidlagan Ruhoniy.
Bundan avval, Amerika prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar istalgan vaqtda Eron yadro kelishuvidan chiqishi mumkinligi haqida bayonot bergan edi.
Mavzuga oid
11:54
Britaniya RFga qurol yetkazib bergani uchun Eronga qarshi sanksiyalar kiritdi
21:54 / 18.11.2024
Tramp noqonuniy migrantlarni ommaviy deportatsiya qilish rejasi borligini tasdiqladi
21:08 / 18.11.2024
Oq uy Ukrainaga AQSh qurollari bilan Rossiyaga zarba yo‘llashga ruxsat berilganini tasdiqlamadi
20:14 / 18.11.2024