Jahon | 00:14 / 14.10.2017
15838
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Qrim portlaridan keluvchi kemalarni qabul qilishni taqiqlab qo‘ydi

Foto: RIA Novosti / Sergey Malgavko

Anqara Qrim portlaridan keluvchi istalgan kemani qabul qilmaydi. Bu haqda Turkiyaning palata va birjalar ittifoqining kemachilik palatasi vakili ma'lum qildi.

"Bizning davlatga Qrimdan keluvchi kemalarga portlarimizga qirish taqiqlanadi. Ushbu taqiqlov istalgan davlat bayrog‘i ostidagi kemalarga taalluqli bo‘ladi", deb aytgan manba.

Ta'kidlanishicha, barcha dengiz tashishlari va port biznesi sub'yektlari tegishli ko‘rsatmalarni olishgan. Manbaning ta'kidlashicha, bunday ko‘rsatma transport, kemachilik va aloqa vazirligidan olingan hamda bu qaror Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning yaqinda Ukrainaga amalga oshirgan tashrifi bilan bog‘lanmagan.

"Qrimdagi portlar ishlamoqda, norasmiy yuk jo‘natishlar amalga oshirilmoqda va bunday holatlarning oldini olish uchun bunday qaror qabul qilindi", deb aytmoqda manba, biroq u gap  qanday jo‘natmalar haqida ketayotganiga aniqlik kiritmagan. 

Bundan avval Ukraina bosh prokuraturasida Kiyev Anqara bilan Qrim portlariga kiruvchi turk kemalari ortidan nazoratni kuchaytirishga kelishib olganlari ma'lum qilingandi.  

Mavzuga oid