Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"O‘zbekneftgaz" Xorazmda 205 mln. dollarlik 10 ta loyihani amalga oshiradi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatini 2018-2019 yillarda kompleks rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshiriladigan loyihalar bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Bunda asosiy e'tibor viloyatning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini oshirish, aholi bandligini ta'minlash masalalari o‘rin olgan.
Bo‘sh turgan obektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari negizida yangi tashkil etiladigan va amalga oshiriladigan loyihalar to‘g‘risida ham ma'lumotlar taqdim qilindi.
Urganch tumanida yiliga 1,2 ming tonna go‘sht va go‘sht mahsulotlari hamda 900 ming dona quyon terisini qayta ishlashga ixtisoslashgan "Xorazm quyon savdo" agrofirmasi tashkil etiladi. Qiymati 1,8 million dollar bo‘lgan mazkur loyiha uch bosqichda amalga oshiriladi va 2018 yil oxirida to‘liq quvvat bilan ishga tushiriladi.
Prezidentga "O‘zbekneftgaz" AJ tomonidan Xorazm viloyatida 2018-2019 yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan, qiymati 205 million dollarlik 10 ta loyiha haqida ham so‘zlab berildi.
Bugun bozorda parhez go‘sht mahsulotlariga bo‘lgan talab oshib bormoqda. "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ tomonidan Shovot tumani Buyrachi qishlog‘ida qurilayotgan parrandachilik majmuasi, sut va go‘sht mahsulotlarini qayta ishlash korxonasi ana shu talablar doirasida tashkil etilmoqda.
Taqdimotda kam ta'minlangan oilalarning qoramol va parranda boqish, tomorqada sabzavot mahsulotlari yetishtirishdagi ishtirokini faollashtirishga qaratilgan ijtimoiy loyihalar haqida ham ma'lumot berildi.
Mavzuga oid
11:40 / 08.06.2026
Toshkent va Xorazmda yirik giyohvandlik savdosiga chek qo‘yildi
09:23 / 28.04.2026
«Urganch-1» suv ko‘taruvchi nasos stansiyasi yangilanadi – Saida Mirziyoyeva
21:46 / 27.04.2026
Saida Mirziyoyeva Xorazmda prezident qarorlari ijrosini o‘rgandi
10:15 / 17.04.2026