Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstriyadagi saylovlarning dastlabki natijalari ma'lum qilindi
Avstriya parlamentiga muddatdan avvalgi saylovlar Avstriya xalq partiyasining g‘alabasi bilan yakunlanmoqda.
APA axborot agentligining dastlabki ma'lumotlariga ko‘ra, bu partiyani 36,5 foiz ovoz beruvchilar qo‘llab-quvvatlaganlar. 2-o‘rinda Avstriya ozodlik partiyasi 29,4 foizlik ovoz bilan bormoqda.
Avstriya tarixida ilk marta Sotsial-demokratik partiya 3-o‘ringa tushib ketdi, unga 22,89 foiz ovoz berilgan.
Reuters axborot agentligining ta'kidlashicha, Avstriya xalq partiyasi yetakchisi, Avstriyaning amaldagi tashqi ishlar vaziri 31 yoshli Sebastyan Kurts mamlakatning yetakchisi hamda dunyodagi eng yosh davlat rahbariga aylanish uchun barcha imkoniyatlarga ega. Biroq buning uchun u parlamentda mutlaq ko‘pchilikni tashkil qilish maqsadida biror partiya bilan alyans tuzishi kerak.
Mavzuga oid
09:00 / 09.06.2026
Armaniston yevropacha kelajakni tanladi - YeI rahbarlari
08:51 / 04.06.2026
Germaniya fuqaroligini olgan chet elliklar soni rekord darajaga yetdi
19:52 / 03.06.2026
Saida Mirziyoyeva Avstriya federal kansleri bilan uchrashdi
22:50 / 01.06.2026