Jahon | 18:00 / 15.10.2017
5043
1 daqiqa o‘qiladi

Eron Iroq Kurdistoni bilan chegarani yopadi

Eron hukumati Iroq Kurdistoni bilan chegaralarni yopadi. Bu haqda «Al-Mayadin» telekanalida xabar qilingan.

Hukumatning ushbu qarori sabablari aniq keltirilmagan.

Eslatib o‘tamiz, 25 sentabr kuni Iroq Kurdistonida Mustaqillik referendumi o‘tkazilgan. Ovoz berishlar natijalariga ko‘ra, unda qatnashganlarning (saylovchilar umumiy soni 5 million nafardan ortiq, davomat 77 foiz) 93 foizi mustaqillikni yoqladi.

Rasmiy Bag‘dod esa referendumni qonuniy deb tan olmadi.

Keyinroq Iroq hukumati va kurdlar muxtoriyatga qo‘llangan ayrim sanksiyalarni bekor qilishga kelishishdi. 9 oktabr kuni Iroq Kurdistoni rahbari Masud Barzoniy sanksiyalar yechilishi evaziga referendum natijalarini muzlatishga rozi bo‘lgani xabar qilindi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid