O‘zbekiston | 13:20 / 15.10.2017
8609
2 daqiqa o‘qiladi

Xivada yana 20ga yaqin mehmonxona quriladi

Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyati amalga oshirgan tashrifi davomida Xiva shahrida barpo etilayotgan «Farovon» mehmonxonasining qurilish uchastkasida bo‘ldi.

Shaharning Amir Temur ko‘chasida qurilishi rejalashtirilgan ushbu mehmonxona qadimiy me'morchilik uslubida 3 qavatli qilib bunyod etiladi. Unda konferensiya zallari, sport maydonchalari, restoranlar, ko‘ngilochar maskanlar va boshqa imkoniyatlar bo‘ladi. Mehmonxonaga fransiyalik ishbilarmonlar investitsiya kiritadi. 

«Bu yerga kelishimizdan asosiy maqsadlardan biri Xivani turistik zonaga aylantirish borasidagi sa'y-harakatlarimizni yana bir bor tahlil qilishdan ibora. Turizmni rivojlantirish uchun, avvalo, sayyohlarga sharoit yaratish zarur. Shu maqsadda kelgusi uch yilda Xivada 20 ga yaqin mehmonxona quriladi. Bu mehmonxona besh yulduzli, mamlakatimizdagi eng yaxshi mehmonxonalardan biri bo‘ladi», dedi davlat rahbari. 

Shuningdek, Prezident Xiva shahridagi Nurillaboy saroy majmuasini ko‘zdan kechirdi. Ma'lumotlarga ko‘ra, mazkur saroy hududi shu yerlik Nurillaboy ismli savdogarga tegishli bo‘lgan. Majmua xorijlik mehmonlarni qabul qiladigan qarorgoh vazifasini o‘tagan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid