Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kurdiston Bog‘dodning referendumga doir talabini rad etdi
Iroq Kurdistoni rahbariyati Bog‘dod hukumatining mustaqillikka doir referendum natijalarini haqiqiy emas deb tan olish bilan bog‘liq talabini rad etmoqda. Iroq Kurdistoni prezidenti maslahatchisi Xemin Xavramiy Twitter'da shu haqida ma'lum qildi.
"PUK (Kurdiston vatanparvarlar ittifoqi) yoki KDP (Iroq Kurdistonida hukmron Kurdiston demokratik partiyasi) tomonidan Bog‘dod bilan hech qanday bir tomonlama muzokaralar bo‘lmaydi. Agar Bog‘dod bilan qandaydir muzokaralar o‘tadigan bo‘lsa, bu Kurdistonning barcha partiyalari qatnashuvchi qo‘shma delegatsiya ishtirokida bo‘ladi. KDP va PUK referendum natijalarini bekor qilishga bo‘lgan har qanday chaqiriqlarni inkor etadi", - deb yozadi Xavramiy.
Shuningdek u partiyalar uchrashuvi yakuniga ko‘ra, ular inqirozni tinch yo‘l bilan hal qilishga tayyor ekanliklarini tasdiqlashganini ma'lum qildi. "Biz harbiy yo‘lni rad etamiz, lekin himoyalanishga tayyormiz", - qo‘shimcha qildi Xavramiy.
25 sentabr kuni Iroq Kurdistonida mustaqillikka doir referendum bo‘lib o‘tdi. Referendum natijalariga ko‘ra, saylovchilarning 92,7 foizi mustaqillik uchun ovoz bergan.
Iroq hukumati referendumni noqonuniy deb atab, ovoz berish natijalari bekor qilinmaguncha avtonomiya hukumati bilan muzokaraga kirishmasligini ta'kidlagan.
Mavzuga oid
20:20 / 14.06.2026
Shveytsariyada referendum: mamlakat aholisi sonini cheklash taklifi rad etildi
12:03 / 24.03.2026
Italiyada sud tizimi islohoti referendumda rad etildi
09:30 / 16.03.2026
Ekzitpollar: Qozog‘iston yangi konstitutsiya qabul qilinishini qo‘llab-quvvatladi
00:34 / 16.03.2026